Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Indzagi murabbiyligidagi «Benevento» rekord natija bilan A Seriyaga chiqdi

Indzagi murabbiyligidagi «Benevento» rekord natija bilan A Seriyaga chiqdi

Автор: admin

Italiya B Seriyasidan yuqori divizion A Seriyaga chiqqan ilk jamoa nomi aniq bo‘ldi. Ikkinchi divizion yetakchisi «Benevento» 31-turda «Yuve Stabiya» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 76taga yetkazib oldi. Bu B Seriya rekordi hisoblanadi.
Shu tariqa Filippo Indzagi murabbiyligidagi «Benevento» ikkinchi o‘rindagi «Krotone» bilan farqni 24 ochkoga yetkazib, A Seriya yo‘llanmasini naqd qildi. «Benevento» ikkinchi marta Italiya A Seriyasiga yo‘llanma oldi. Klub bungacha 2016/17 yilgi mavsumda yuqori divizionda o‘ynagandi.
Ma’lumot uchun, «Benevento» o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinovga qiziqish bildirgan va 18 yoshli «Bunyodkor» tarbiyalanuvchisi Italiyada bir hafta mashg‘ulot ham o‘tkazgandi. Ammo keyinchalik noma’lum sabablarga ko‘ra transfer jarayoni to‘xtab qolgan.


134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *