Goal24.uz » O'zbekiston » «Surxon» klubi bosh murabbiy iste’foga chiqqanini tasdiqladi

«Surxon» klubi bosh murabbiy iste’foga chiqqanini tasdiqladi

Автор: admin


Termizning «Surxon» klubi murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar haqida rasmiy xabar e’lon qildi. 
«Qo‘qon-1912» jamoasiga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, Bahrom Haydarov o‘z xohishiga ko‘ra, «Surxon» futbol klubi bosh murabbiyligini tark etdi. Bu Haydarovning klubni to‘liq tark etdi degani emas. Murabbiy klubda boshqa lavozimda ishlashda davom etadi. Klub bir qator murabbiylar bilan muzokaralar olib bormoqda. Yakuniy to‘xtamga kelgunga qadar, mashg‘ulotlarni murabbiy Vladimir Andreyev olib boradi», - deyiladi klub xabarida.
Avvalroq, Goal24.uz sayti o‘z manbalariga tayanib, klub bosh murabbiyi Bahrom Haydarov iste’foga chiqqanini, rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov bosh murabbiyga aylanishi haqida xabar bergan edi. «Surxon» rahbariyati yakshanba kuni Xomyakovni jamoa futbolchilariga tanishtirgan va u jamoa mashg‘ulotida ishtirok etgan bo‘lsa-da, klub yangi murabbiy borasidagi xabarni hozircha tasdiqlamadi.


47     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *