Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Artur «Yuventus» tarixidagi eng qimmat transferlar kuchli beshligiga kirdi

Artur «Yuventus» tarixidagi eng qimmat transferlar kuchli beshligiga kirdi

Автор: admin

"Barselona" yarim himoyachisi Artur Melo bugun "Yuventus" a’zosiga aylandi. Turinliklar 23 yoshli futbolchi uchun 72 million yevro to‘lashadi.

"Football Italia" tarqatgan xabarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "keksa sinyora" tarixidagi eng qimmat transferlar ro‘yxatida 4-o‘rinni egalladi.

Bu borada 1-o‘rin Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik futbolchi 117 million yevro evaziga "Real"dan o‘tgan. Ikkinchi o‘rinni esa Gonsalo Iguain egallab turibdi. Turinliklar uni "Napoli"dan 90 million yevroga sotib olishgan.

Kuchli uchlikni Mattays de Lixt yakunlab berdi. "Yuve" uni "Ayaks"dan 85,5 million yevroga xarid qilgan edi.

Janluidji Buffonning transferi kuchli beshlikka kirgan. Jamoa darvozabon uchun "Parma"ga 52,88 mln yevro to‘lagan.

Shuningdek, top-10dan Pavel Nedved (45 mln yevro), Joao Kanselu (40,4 mln yevro), Duglas Kosta, Federiko Bernardeski va Paulo Dibala (barchasi — 40 mln yevro) o‘rin olishgan.
Manba: isport.ua

127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *