Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga stadionlarining yoritish tizimi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. «Bunyodkor»da eng yuqori, «Surxon» va «Qo‘qon-1912»da eng past

Superliga stadionlarining yoritish tizimi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. «Bunyodkor»da eng yuqori, «Surxon» va «Qo‘qon-1912»da eng past

Автор: admin


Mamlakat chempionati yuqori divizionida ishtirok etuvchi futbol klublari har yili litsenziyalash jarayonidan o‘tkaziladi. Joriy yildan e’tiboran O‘zbekiston Professional futbol ligasi Pro liga klublarining ham barchasini mazkur jarayonga jalb etgan holda klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, Pro liga ishtirokchilarini tashkiliy tuzilma jihatidan Superliga vakillariga yaqinlashtirish amaliyotini joriy etayapti. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
«Litsenziyalash Reglamentiga asosan klub uy o‘yinlarini qabul qiladigan stadion OFK va O‘zPFL tasarrufidagi klublar musobaqalarini o‘tkazadigan stadionlar uchun maxsus qoidalarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi shart sanaladi.
Xususan, stadionlar to‘g‘risida nizomda belgilangangan eng muhim jihatlardan biri – bu stadionda qoniqarli yoritish tizimining ta’minlangani sanaladi. Zero yorug‘lik darajasining yuqori bo‘lishi o‘yinni bevosita stadiondan kuzatadigan muxlislarga, shuningdek maydondagi vaziyatlarni yoritib boruvchi fotosuratchilarga qulaylik yaratadi, qolaversa uchrashuv teletranslyatsiyasi yanada sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.
Stadionlar to‘g‘risida nizomda stadion minimal talab qilingan gorizontal yorug‘lik darajasi kamida 1200 lyuks bo‘lgan yoritish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim ekani belgilangan.
Mavsum oldidan stadionning yoritish guvohnomasi taqdim etiladi. Lekin O‘zPFL mavsum davomida ham stadionlar yoritish tizimi talab darajasida saqlanib turganini tekshirib boradi. Coca Cola Superliganing ortda qolgan turlari davomida yuqori divizionimiz klublarining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionlarida yoritish tizimini o‘lchash ishlari olib borildi.
Unga ko‘ra, yorug‘lik darajasi eng baland yoritish tizimiga ega stadion «Bunyodkor» o‘yingohi bo‘lib turibdi. «Bunyodkor» futbol klubi uy o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionda yorug‘lik darajasi o‘rtacha 1900 lyuksni tashkil etmoqda», - deyiladi PFL xabarida.
Shuningdek, Navoiydagi «Yoshlar» sport majmuasi, «Buxoro» stadioni, Qarshi va Namangandagi «Markaziy» o‘yingohlar, «So‘g‘diyona», «Paxtakor» va «Lokomotiv» stadionlarida ham yorug‘lik darajasi talab darajasida.
Superliga klublari stadionlari yoritish tizimi ko‘rsatkichlari:

Olmaliq va Bekoboddagi stadionlar yoritish tizimi esa uzog‘i bilan bir yil muddatga beriladigan yoritish guvohnomasida taqdim etilgan ko‘rsatkichlardan biroz pastlagani, yoritish tizimi qayta sozlanishi lozim ekani ma’lum bo‘ldi. Zero maydondagi 15 ta nuqtada olib borilgan o‘lchash ishlari yorug‘lik maydonning turli nuqtalariga turlicha tushayotganini ko‘rsatdi.
 
«Muborakdagi «Bahrom Vafoyev» nomli stadion, Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadioni, Termizdagi «Surxon» sport majmuasi hamda Qo‘qondagi «Markaziy» o‘yingohlar yoritish tizimi esa talab darajasidan ancha past. Bu borada mazkur stadionlarda uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan klublarga yoritish tizimini talab darajasiga yetkazish lozim ekani ma’lum qilingan.
Shu o‘rinda alohida qayd etish joizki, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2021 yildan boshlab qit’a miqiyosida tashkil etiladigan musobaqalar o‘tadigan stadionlarda yoritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish borasida ish olib bormoqda.
Xususan, endilikda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘yinlarini qabul qiladigan stadionlarda yorug‘lik darajasi 1800 lyuksdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Bu ko‘rsatkich OFK kubogi guruh bosqichida 1400 lyuksni tashkil qiladi.
Shu boisdan xalqaro musobaqalarda qatnashishni o‘z oldiga maqsad qilgan klublarimiz ham kelasi mavsumga qadar stadion yoritish tizimini yanada yaxshilash bo‘yicha ish olib borishlari lozim bo‘ladi.
Kelasi mavsumdan e’tiboran yorug‘lik darajasi 1200 lyuksdan kam bo‘lgan stadionlarda uchrashuvlar o‘tkazishga aslo ruxsat berilmaydi», deyiladi PFL rasmiy saytida.


36     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *