Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLning oltin medalarisiz qolib ketgan “Liverpul” afsonalari

APLning oltin medalarisiz qolib ketgan “Liverpul” afsonalari

Автор: admin

GoaL24.uz “Liverpul”ning 30 yillik sovrinsiz davridagi futbolchilarini yodga oladi. Bugun “qizillar” safida chinakam afsonaga aylangan bo‘lsada, APL taxtiga ko‘tarilish nasib etmagan eng taniqli futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etamiz.
Darvozabon. Pepe Reyna – 394 ta o‘yin
 
Barcha bu nuqtada Dudekni ko‘rishni taxmin qilgan bo‘lsa, ajab emas. Shunday bo‘lsda, polshalik darvozabon YECHLda zafar quchgan va klub tarixidan muqim o‘rin egallagan. Reyna esa, “Liverpul” safida naqd 3 bor APLning “oltin qo‘lqop”ini o‘ziniki qilib olgan bo‘lsada, asosiy sovrinni boshiz uzra ko‘tarishga muyassar bo‘lmadi.
 
Himoyachilar

Jeymi Karrager – 737 ta o‘yin, 5 ta gol
 
Karrager “Liverpul” uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida faqatgina Ian Kallagandangina ortda qolmoqda. E’tiborlisi shundaki, Ianda naqd 5 ta chempionlik mavjud. Karrager esa, biror marotaba bu sovringa ega chiqmagan. Qahramonimiz bu ishni uddalash uchun 17 ta mavsum harakat qilgan bo‘lsada, ikki bor kumush medallarga ega chiqishdan uyog‘iga o‘ta olmagan.
 
Sami Hyupiya – 464 ta o‘yin, 35 ta gol
 
Britaniyaning sport analitikasi bilan shug‘ullanuvchi Squawkanashri finlandiyalikni APL tarixidagi eng kuchli 15 ta himoyachidan biri deb e’tirof etdi. Baland bo‘yli himoyachi “Liverpul” bilan APLdan boshqa barcha musobaqada g‘olib chiqqan. Uni ko‘plab muxlislar ikkinchi qavatdagi ishonchli o‘yini sababli esalab qolgan bo‘lsa, ajab emas. Bejizga qahramonimiz hisobida 35 ta gol mavjud emas.
 
Martin Shkritel – 320 ta o‘yin, 18 ta gol
 
Martin Brendon Rojersning “Liverpul”i safida chinakamiga o‘zini namoyish etishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ayniqsa, chempionlik uchun kurash olib borilgan 2013/14-yilgi mavsumda qahramonimi shu qadar ishga kirishib ketdiki, hatto o‘z darvozasiga 4 ta avtogol kiritib yubordi. E’tiborlisi shundaki, Martin mavsum so‘ngiga qadar yana 7 ta gol urishni epladi. Quvonarlisi, zarbalarning barchasi raqib darvozasidan o‘rin olgan edi.
 
Yon Arne Rise – 348 ta o‘yin, 31 ta gol
 
O‘zining uzoq masofadan bergan zarbalari bilan muxlislar xotirasida qolgan Rise chap qanotda mutloq erkin to‘p surar edi. Ayniqsa, 2004/05-yilgi mavsumda norvegiyalik futbolchi 57 ta o‘yinda maydonga tushadi va 8 bor raqib darvozasini ishg‘ol etadi. O‘sha mavsum so‘nggida esa, Istanbul mo‘’jizasi ishtirokchisiga aylanadi.
Yarim himoyachilar
Stiven Jerrard – 710 ta o‘yin, 186 ta gol
 
Turli futbol eksperlari “Glazgo” jamoasi murabbiyiga ham APL oltin medallari topshirilishi kerak deb bong urayotgan bir paytda, Stiven jamoasi uchun xursand ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Klub safida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan 3 ta futbolchidan bittasi. Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 5-o‘rinda yodga olinuvchi Jerrard “Liverpul”ni 2014-yilda juda qiyin ahvolda qoldirgan bo‘lsada, muxlislar uni hali-hamon hurmat qilishadi. Grand klublardan kelib tushgan takliflarga qaramay, 17 mavsum “Liverpul” futbolkasini hech narsaga alishmagan Jerrard bu tarkibning ham sardori bo‘lsa, adolatdan bo‘ladi.
Jeymi Rednap – 308 ta o‘yin, 41 ta gol

 
Rednap “Liverpul”ning 90-yillaridagi eng iqtidorli futbolchilaridan biri edi. Tehnikasi kuchli, chaqqon Rednapp jarohat olgani bois super darajaga chiqa olmadi.
Filippe Koutino – 201 ta o‘yin, 54 ta gol
 
Braziliyalik futbolchi 2018-yilda vaziyatga to‘g‘ri baho bera olmadi va “Barselona”ga yo‘l oldi. Uning asosiy maqsadi YECHLda zafar quchish edi. Koutinyo Kataloniyaga ko‘chib o‘tgach, “Liverpul” APLni ham YECHLni ham zabt etdi. Koutinyo esa, “Liverpul”da ko‘rsatgan darajasini boshqa namoyish eta olmadi.
 
Hujumchilar.
Fernando Torres – 142 ta o‘yin, 81 ta gol
 
Torres “Liverpul”da o‘zining eng zo‘r yillarini o‘tkazdi. Gollarni qalashtirib tashladi va “Enfild”ning yoqimtoyiga aylandi. Keyin kutilmaganda “Chelsi” a’zosiga aylandi va YEL va YECHLda zafar quchdi. Hatto Angliya kubogida ham zafar quchdi, biroq APL oltin medallarini bo‘yniga taqish uning uchun orzu bo‘lib qoldi.
Robbi Fauler

 
Robbi yoshligidanoq “Liverpul”ning chinakam fanati bo‘lgan va bu muxlislikni hali-hamon yo‘qotganicha yo‘q. Fauler 90 yillarda “Liverpul” uchun ketma-ket uch mavsum 30 tadan ortiq gol kiritgan bo‘lsada, orzusini amalga oshirish unga nasib etmadi.
Murabbiy.
Rafayel Benites – 350 ta o‘yin (55,43 foiz g‘alaba)
 
Rafa “Liverpul” uchun fantastik murabbiy bo‘lgan. Birgina YECHLdagi g‘alaba qanchalar qadrli. Keyinchalik, bir nechta kuboglarda zafar quchgan ispaniyalik mutaxassis APLda ikkinchi o‘rindan balandroq ko‘tarilishni uddalay olmadi.

166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *