Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Atletiko» Kavani transferidan voz kechdi

«Atletiko» Kavani transferidan voz kechdi

Автор: admin


«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Edinson Kavani yozgi transfer oynasida «Atletiko» safiga o‘tmaydi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Manbaning yozishicha, Madrid klubi futbolchi bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin 33 yoshli hujumchi transferidan batamom voz kechgan. «Matraschilar» urugvaylik forvardning talablarini juda yuqori deya, rad etishgan va shundan keyin boshqa muzokaraga kirishmagan. 
Qayd etilishicha, hozirga kelib futbolchi bilan muzokaralarni faol o‘tkazayotgan klub Rimning «Roma» jamoasi bo‘lmoqda. Yozgi transfer oynasida Kavanining erkin agent sifatida yana A Seriyaga qaytishi ehtimoli yuqori. 
Oldinroq, «Chelsi» Kavani bilan muzokarani to‘xtatgani haqida xabar berilgan bo‘lsa, «Inter» ham Edinson so‘rayotgan shartlar va katta maosh sababli 33 yoshli hujumchini taklif etish fikridan qaytgan.


34     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *