Goal24.uz » O'zbekiston » Viloyat hokimi «Andijon» sobiq futbolchisiga uy sovg‘a qildi

Viloyat hokimi «Andijon» sobiq futbolchisiga uy sovg‘a qildi

Автор: admin


Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ko‘p yillardan buyon «Andijon» klubi sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi Ibrohim Otaxonovni taqdirladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Andijon futboliga bag‘ishlagan Ibrohim Otaxonov Andijon viloyati hokimi, «Andijon» PFK prezidenti Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Abdurahmonov tomonidan Andijon shahrida yaqinda foydalanishga topshirilgan 16 qavatli uydan 2 xonalik xonadon kalitini sovg‘a sifatida qabul qilib oldi», - deyiladi xabarda.
35 yoshli yarimhimoyachi 10 yildan ziyod vaqt davomida Andijon viloyatining bosh jamoasi sharafini himoya qilib, 2019 yilda faoliyatini yakunlagan. Otaxonov avvalgi yillarda jamoa sardori sifatida to‘p surgan. 
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyat hokimi 2019 yilgi mavsum boshida «Andijon» - «Nasaf» (3:1) uchrashuvidan keyin stadionning o‘zida futbolchilarga g‘alaba uchun 10 million so‘mdan mukofot pullarini tarqatib, jamoa a’zosi Farhod Bekmurodovga «Gentra» avtomashinasini sovg‘a qilgan edi.
34     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *