Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ashraf Hakimi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga yetib keldi

Ashraf Hakimi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga yetib keldi

Автор: admin


Huquqiy jihatdan «Real»ga tegishli bo‘lib, so‘nggi ikki mavsumni Dortmundning «Borussiya» klubi safida o‘tkazgan Ashraf Hakimi bugun, seshanba kuni ertalab Milan shahriga yetib keldi. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist va insayder Alessandro De Feliche xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Hakimi «Inter» bilan kelishuvga erishgan va Milanga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yetib kelgan. 21 yoshli futbolchi tez orada ko‘rikdan o‘tgach, «Inter» bilan shartnoma imzolaydi.
Oldinroq, marokashlik hujumkor himoyachi uchun «Inter» «Real»ga 40 million yevro transfer puli to‘lashi haqida kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Ashraf Hakimi Bundesliganing yakunlangan mavsumida 32 o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


41     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *