Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin


Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

Torres “Yuve” nishonida
Ispaniyaning “Valensiya” klubi yarim himoyachisi Ferran Torres yozda Grand klublardan biriga borib qo‘shilishi mumkin.
AS nashrining ma’lum qilishicha, Ferran bilan Turinning “Yuventus” klubi jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetgani bois, “ko‘rshapalaklar” uni sotib yuborishni reja qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha “Yuventus” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Arturni o‘z safiga qo‘shib oldi.
“Benavento” Loik Remini nishonga oldi
Hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov ko‘rikda bo‘lgan Italiyaning “Benavento” klubi tez orada Loik Remi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, Filippo Inzagi hujumchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda Bugun tongda fransuz Benavento qarorgohiga tashrif buyurdi va tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Avvalroq “Benavento”ning Kamil Glik va Andre Shyurlle bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar o‘tkazayotgan edi.
Alaba va Sane
Myunhenning “Bavariya” klubi Leroy Saneni arzonroq qo‘lga kiritish maqsadida transferga o‘z himoyachisi David Alabani ham qo‘shib berishga tayyor.
“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, ayni damda Myunhen klubining 100 million yevro sarf etishga qurbi yetmaydi. Shu sababli transfer summasini shu yo‘sinda biroz kamaytirmoqchi.
Ayni damda, tomonlar Sane transferi borasida turli variantlar ustida bosh qotirmoqda
“Arsenal” hujumchisi ketmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Folarin Balogun yozda jamoasini almashtirmoqchi. 18 yoshli hujumchining shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, tomonlar yangi sharnoma borasida olib borgan muzokaralar omadsiz yakunlandi.
“The Atlhletik” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “koninirlar” bir necha kundan so‘ng o‘z futbolchisi borasida barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilgan.
Gunduzi qoladimi?
Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachi Matteo Gunduzi borasida yakuniy qarorga keldi.
“Sunday Mirror” bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, “to‘pchilar” iqtidorli futbolchini bu yozda transferga qo‘ymaydi.
Eslatib o‘tamiz, Gunduzining London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilga qadar amal qiladi.
91     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *