Goal24.uz » Transfer » «Barselona» himoyachisi «Milan»ga o‘tishi mumkin

«Barselona» himoyachisi «Milan»ga o‘tishi mumkin

Автор: admin

«Barselona» himoyachisi Jan-Kler Todibo «Milan»ga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko‘ra, 19 yoshli fransuz Kataloniya klubini tark etmoqchi. Chunki u ko‘proq o‘ynashni va rivojlanishni istaydi.
«Barselona» sport direktori Erik Abidal va klubning texnik kotibi Ramon Planes Todibo transferi yuzasidan «Milan» sport direktori Paolo Maldini bilan uchrashadilar. 
«Barselona» himoyachi uchun kamida 10 mln yevro taklif qilishsa, uni sotishga tayyor. Bundan tashqari Kataloniya klubi shartnomaga qayta sotib olish bandini kiritmoqchi.
Todibo La Liganing joriy mavsumida 2 marta maydonga tushdi. Qolaversa, u Chempionlar Ligasining guruh bosqichi so‘nggi turida «Inter»ga qarshi o‘ynadi (2:1).
195   
Добавить комментарий
Ваше имя: *