Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Latsio» Turinda g‘alaba qozonib, «Yuventus» bilan farqni bir ochkogacha qisqartirdi

A Seriya. «Latsio» Turinda g‘alaba qozonib, «Yuventus» bilan farqni bir ochkogacha qisqartirdi

Автор: admin

Italiya A Seriyasida 29-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Turinda «Torino» mehmoni bo‘lgan «Latsio» qiyin g‘alabaga erishdi. Chiro Immobile hamda Marko Paroloning gollariga turinliklar safida Andrea Belotti penaltidan urilgan gol bilan javob berdi. Bu g‘alabadan so‘ng «Latsio»ning ochkolari soni 68taga yetdi va Rim klubi yetakchi «Yuventus» bilan farqni bir ochkogacha qisqartirdi. «Yuventus» 29-tur o‘yinini ayni damda «Jenoa»ga qarshi o‘tkazmoqda.
Italiya chempionati, 29-tur
Torino – Latsio 1:2
Gollar: Belotti (5, penalti), – Immobile (48), Parolo (72).
Torino: Sirigu, Ayna (Edera, 70), Voynovich, Bremer (Milliko, 80), de Silvestri (Ansaldi, 59), Lukich (Djidji, 80), Meyte, Verdi (Berenger, 59), Rinkon, Nkulu, Belotti.
Latsio: Strakosha, Radu, Gabarron (Anderson, 90), Acherbi, Latssari (Bashtush, 90), Luis Alberto, Parolo, Milinkovich-Savich, Xoni Rodriges (Lukaku, 59), Kaysedo (Korrea, 59), Immobile.
Ogohlantirishlar: Immobile (4), Kaysedo (29), Verdi (45), Lukaku (74).
157   
Добавить комментарий
Ваше имя: *