Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Yuventus»dan safarda g‘alaba, Ronaldudan gol

A Seriya. «Yuventus»dan safarda g‘alaba, Ronaldudan gol

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 29-turi doirasida «Yuventus» mehmonda «Jenoa» ustidan g‘alabaga erishishdi.
Uchrashuvda Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Krishtianu Ronaldu ajoyib zarbasi bilan hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Duglas Kosta hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa-da, 76-daqiqada Pinamonti genuyaliklarning yagona goliga mualliflik qildi - 1:3. 
Ushbu g‘alabadan keyin Turin jamoasi ochkolari sonini 72taga yetkazib, peshqadamlik uchun kurashda eng yaqin ta’qibchisi «Latsio» bilan farqni yana 4taga yetkazdi.
A Seriya. 29-tur.
Jenoa - Yuventus - 1:3
Gollar: 0:1 – 50 Dibala, 0:2 – 56 Ronaldu, 0:3 – 73 Duglas Kosta, 1:3 – 76 Pinamonti. 
Jenoa – Perin, Sumaoro, Romero, Masello, Gilone (Barreka, 62), Sturaro (Biraski, 75), Bexrami, Shene (Lerager, 46), Kassata (Pandev, 78), Favilli (Sanabriya, 46), Pinamonti.
Yuventus - Shchensni, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Pyanich (Remzi, 74), Kuadrado, Rabo (Matyuidi, 83), Bentankur, Bernardeski (Duglas Kosta, 66), Ronaldu (Iguain, 74), Dibala (Oliveri, 83).
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *