Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Lukas “Napoli”da?!

Italiyaning “Napoli” klubi yozda “Tottenhem” jamoasi hujumchisi Lukas Moura bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqida “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub yozda jamoadan ketishga qaror qilgan Arkadiush Milikni “Shporlar”ga tavsiya qilgancha uning o‘rniga braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritishni reja qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Moura bu mavsumda APLning 28 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol va ikkita assist yozdirib qo‘ydi.
Sulsherga hujumchi kerak
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi murabbiyi One Gunnar Sulsher yozda jamoaga yana bir hujumchini qo‘shib olish niyatida.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, Sulsher hujum chizig‘ida kuchli raqobat bo‘lishini istamoqda. Uning fikricha, ayni damda hujum markazidagi muammolar sababli klub oddiy uchrashuvlarda ham ochko boy bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” yozda Arkadiush Milik va Edinson Kavanilarni o‘z safiga qo‘shib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Arteta u bilan gaplashdi
 
Londonning “Arsenal” jamoasi murabbiyi – Mikel Arteta Parij klubi himoyachisi Tiago Silva bilan transfer borasida so‘zlashdi.
“Le10sport”ning ma’lum qilishicha, murabbiy yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan David Luizning o‘rnini aynan Tiago Silva bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Hozircha, bu suxbat qanday yakun topgani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Tiago Silva yozda erkin agent maqomini qo‘lga kiritadi va o‘zi istagan jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Konte yangi futbolchi izlamoqda
 
Milanning “Inter” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte qanotni kuchaytirish maqsadida yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, Konte Eshli Yang va Asamoalarning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmagani uchun ham “Atalanta” qanot himoyachisi Robin Gosensani Milanga ko‘chirib olib kelmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Robin “A Seriya”ning 25 ta o‘yinida maydonga tushdi va 6 ta gol+6 ta assistga mualliflik qildi.
Sancho qoladimi?
 
Dortmund klubi jamoa safidagi Jeydon Sanchoni sotib yubormoqchi emas.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, “Borussiya” o‘z futbolchisini jamoada olib qolish uchun uning maoshini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Dortmund klubi tez orada yiliga 10 million yevro maosh ko‘rsatilgan uzoq yillik shartnoma bilan futbolchining agentiga aloqaga chiqishni reja qilgan. Bundan tashqari, klub Sanchoning tavon pulini ham 120 milliondan kamaytirmoqchi emas.
Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Sancho uchun APLning birorta klubi 100 million sarf etmoqchi emas. Shunday ekan, iqtidorli futbolchi kamida yana bir mavsum Bundesligada to‘p surishi tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda.
245   
Добавить комментарий
Ваше имя: *