Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Sarri: «Ronaldu va Dibala maydonda bir-birini izlashni o‘rganishdi»

Sarri: «Ronaldu va Dibala maydonda bir-birini izlashni o‘rganishdi»

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri A Seriya 29-turi doirasidagi «Jenoa» (3:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Paulo Dibala va Krishtianu Ronalduni maqtadi.
«Jamoamiz bugun katta hajmdagi ishni yaxshi bajarib, uchta ajoyib gol urdi. Futbolchilar kubok finalidagi mag‘lubiyatdan keyin ruhan tiklanishi kerak edi. Chunki jismoniy holat bo‘yicha bizda muammo yo‘q. Ronaldu va Dibalaning o‘yinidan xursandman. Ularning birgalikdagi harakatlarida o‘zgarish bor. Ular maydonda bir-birini ko‘proq izlashni o‘rganishdi. Paulo ham, Krishtianu ham birgalikdagi harakatlari jamoaga ko‘proq samara keltirayotganligini tushunishdi. Shaxsan o‘zim mashg‘ulotlarda bunga guvoh bo‘ldim», - deya Sarrining so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.
«Yuventus» A Seriyada 72 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinda bormoqda. Eng yaqin ta’qibchi «Latsio»da 68 ochko bo‘lsa, «Inter» 61 ochko va bitta zaxiradagi o‘yini bilan 3-o‘rindan joy olgan.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *