Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Brunu Fernandesh: «MYU» Chempionlar ligasida o‘ynashi shart»

Brunu Fernandesh: «MYU» Chempionlar ligasida o‘ynashi shart»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh APL 32-turi doirasida «Brayton» (3:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 
«Biz Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayapmiz va ishonamizki bu turnirga chiqa olamiz. «MYU» Chempionlar ligasida o‘ynashi shart. 
Pogba bilan o‘yinimiz haqida? Albatta, Pol bilan birga o‘ynashdan juda xursandman. U maydonda katta hajmdagi ishlarni bajaradi. Biz o‘yin jihatlarimiz bilan bir-birimizni to‘ldira olamiz. Biroq bu haqda ko‘p gapirishni istamasdim. Sababi Pogba singari bu chiziqdagi boshqa jamoadoshlarimni ham hurmat qilaman va ular bilan ham birgalikdagi o‘yinimizdan doim xursand bo‘laman», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda VVS.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» 52 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Portugaliyalik futbolchi «Brayton»ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *