Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Buskets: «Real»ga haddan tashqari ko‘p imkoniyat berib yubordik»

Buskets: «Real»ga haddan tashqari ko‘p imkoniyat berib yubordik»

Автор: admin

«Barselona» yarim himoyachisi Serxio Buskets La liganing 33-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atletiko»ga qarshi o‘yin (2:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bu natija sovrin uchun kurashdagi imkoniyatlarimizni qiyinlashtirib qo‘ydi. Biz «Real»ga haddan tashqari ko‘p imkoniyat berdik. Nazariy imkoniyatlar saqlanib qolar ekan, kurashishda davom etamiz. Lekin qiyin bo‘lishini tushunib turibmiz.

Bizni 2ta penalti bilan jazolashdi. Bu oson emas. Har bir jamoa VAR o‘z foydasiga qaror chiqarishiga umid qiladi. Bu qarorlarni baholay olmayman.

Restartdan keyin biz ko‘p ochko yo‘qotyapmiz. Agar «Real» o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa, yanada ko‘proq ortda qolamiz. «Real»ning ochko yo‘qotish ehtimoli kam, chunki madridliklar juda yaxshi o‘ynashyapti», — dedi Buskets.
Manba: sport24.ru
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *