Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Quruq o‘yin»lari soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega darvozabonlar ro‘yxati e’lon qilindi

«Quruq o‘yin»lari soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega darvozabonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Автор: admin

Give Me Sport sayti so‘nggi 20 yillikda eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar reytingini tuzdi.
2000 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan ushbu ro‘yxatni Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas boshqarmoqda. Ispaniyalik posbon faoliyati davomida 439 o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan.
Ikkinchi o‘rinda esa «Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon egallab, italiyalikning hisobida 420ta bunday o‘yin mavjud. Uchlikni esa Petr Chex yakunlab berib, chexiyalik sobiq golkiper 391 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Umuman olganda, top-10likka kirgan darvozabonlarning 5 nafari faoliyatini yakunlagan.
So‘nggi 20 yil ichida eng ko‘p o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan darvozabonlar o‘nligi:
1. Iker Kasilyas – 439.
2. Janluidji Buffon – 420.
3. Petr Chex – 391.
4. Pepe Reyna – 343.
5. Manuel Noyer – 327.
6. Igor Akinfeyev – 316.
7. Andrey Pyatov – 269.
8. Edvin van der Sar – 266.
9. Viktor Valdes – 260.
10. Mikael Landro – 253.


176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *