Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» Kuboni La liganing kuchliroq jamoasiga ijaraga bermoqchi

«Real» Kuboni La liganing kuchliroq jamoasiga ijaraga bermoqchi

Автор: admin

Joriy mavsumni ijara asosida «Malyorka»da o‘tkazayotgan «Real» yarim himoyachisi Takefusa Kubo Ispaniya chempionatida o‘zini yaxshi namoyish qila oldi. «Madrid» rahbariyati futbolchining o‘sish tempidan qoniqish hosil qildi.

"AS" tarqatgan xabarga ko‘ra, kelasi mavsumda yaponiyalik futbolchini ijaraga olishni istagan klublar soni ko‘paygan. «Qirollik klubi» esa Kuboni yevrokuboklarda ishtirok etadigan jamoaga berib, uning yanada rivojlanishini istamoqda. Shu bois, madridliklar «Real Sosyedad» variantini ko‘zlashmoqda.

San-Sebastyanda o‘ynayotgan "Real"ning yana bir a’zosi Martin Edegor ham kelasi mavsumda «Real Sosyedad»da o‘ynashda davom etadi. Baskoniya klubi "qaymoqranglilar"ga bergan va’dasining ustidan chiqib, norvegiyalik futbolchiga yetarlicha o‘yin amaliyotini taqdim etdi.

Bundan tashqari, Kubo keyingi mavsum uchun ijara borasida tushgan takliflarni tanlash huquqiga ega. Ma’lumotlarga qaraganda, «Milan» ham yaponiyalik futbolchining xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Takefusa esa Ispaniyada qolishni istamoqda.
Manba: sports.ru
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *