Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » David Alaba nega "Bavariya"ga rad javobini berdi?

David Alaba nega "Bavariya"ga rad javobini berdi?

Автор: admin

Unga ispan grandlari xaridor "Bavariya" klubi himoyachi David Alaba bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli avstriyalik futbolchi nemis grandiga yakuniy qarorini ma’lum qildi va shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi. Boisi, u faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Alabaga "Real" va "Barselona"dan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
David Alaba joriy mavsum "Bavariya" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Shu bois myunxenliklar uni kelasi yil tekinga qo‘yib yubormaslik uchun joriy yoz sotib yuborishi mumkin.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *