Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola: «Sane «Bavariya»ga o‘tayapti, unga omad tilab qolamiz»

Gvardiola: «Sane «Bavariya»ga o‘tayapti, unga omad tilab qolamiz»

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning germaniyalik yarimhimoyachisi Leroy Sane haqida fikr bildirdi.
«Kelishuv hali amalga oshganicha yo‘q. Ammo kichik muammolar bo‘lsa-da, aftidan Sane «Bavariya»ga o‘tayapti. Unga omad tilaymiz va bu yerda o‘tkazgan yillari uchun minnatdorchilik bildiramiz. «Bavariya»dek fantastik klubda u o‘ziga yangi sahifa ochadi. 
Hammaning o‘z hayoti bor. U ketishni istadi. Uning jamoada qolishini xohlagandim, biroq Sane yangi jamoasida o‘zini yaxshiroq va baxtliroq his qilishini o‘yladi», - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Eslatib o‘tamiz, Sane «Manchester Siti» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Manchester va Myunxen klublari 24 yoshli nemis futbolchisining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Germaniya klubi ingliz jamoasiga 60 million yevro transfer puli to‘lashi kutilmoqda. Sane «Bavariya» bilan yiliga 17 million yevro maoshli 5 yillik shartnomaga imzo chekishi xabar qilingandi.
112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *