Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Qo‘qon-1912» «Mash’al»ni mag‘lub etib, «Paxtakor»ga yetib oldi

Superliga. «Qo‘qon-1912» «Mash’al»ni mag‘lub etib, «Paxtakor»ga yetib oldi

Автор: admin

Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘z maydonida chempionat debyutanti «Mash’al» ustidan g‘alabaga erishdi.
Murod Xolmuhammedov tomonidan jarima zarbalaridan kiritilgan gollar vodiyliklarga o‘z maydonlaridagi ketma-ket 5-g‘alabani keltirdi. Murod dastlab 11 metrlik nuqtani aniq amalga oshirgan bo‘lsa, o‘yin yakunida jarima to‘pidan ajoyib golga mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 15taga yetkazgan «Qo‘qon-1912» jamoasi bu borada peshqadam «Paxtakor»ga yetib oldi. To‘plar nisbatiga ko‘ra Toshkent klubi 1-o‘rinda, Qo‘qon jamoasi esa 2-o‘rinda qoldi. Qayd etish joiz, «Paxtakor» jamoasi tur doirasidagi uchrashuvini payshanba kuni o‘tkazadi.
Superliga. 7-tur
1 iyul (chorshanba)
«Qo‘qon-1912» – «Mash’al» - 2:0
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Abduhamidullo Rasulov, Avazbek Abdullayev, Abdurashid Xudoyberganov
Gollar:
Murod Xolmuhammedov 53 pen., 88.
«Qo‘qon-1912»: 1. Botirali Ergashev, 3. Bobur Akbarov, 4. Sobit Sindarov, 7. Shohnazar Norbekov, 9. Suhrob Berdiyev, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 15. Oybek Rustamov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filip Rayevats (Hamidullo Abduhamidov, 69), 70. Murod Xolmuhammedov.
«Mash’al»: 35. Rahim Davronov, 5. Najmiddin Normurodov (6.Sirojiddin Rahmatullayev, 70), 7. Ifeani Ifeani, 14. Ella Armand, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 18. Abbos Shodmonov, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukurillayev, 33. Denis Vasilev, 70. Didar Durdiyev (11.Mo‘minjon Meliyev, 70), 99. Jahongirbek Abdusalomov.
158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *