Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Bunyodkor» Andijonda ochko yo‘qotdi

Superliga. «Bunyodkor» Andijonda ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Superliga 7-turi doirasida Andijonda mehmon bo‘lgan Vadim Abramov boshchiligidagi «Bunyodkor» jamoasi mavsumdagi dastlabki durangga rozi bo‘ldi.
Uchrashuvning kulminatsion voqeasi 60-daqiqada yuz berdi. Nurillo To‘xtasinov raqib yarimhimoyachisi Farhod Bekmurodovga nisbatan qo‘polligi uchun ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.
O‘yin yakunigacha jamoalar xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, bahsda hisob ochilmadi.
Natijada mezbonlar «Andijon» jamoasi ketma-ket mavsumdagi 7-o‘yinda ham g‘alaba nimaligini bilmagan bo‘lsa, «Bunyodkor» mavsumda uchinchi marta ochko yo‘qotdi. 
«Bunyodkor» 13 ochko bilan hozircha 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Andijon» chempionatdagi 4-durangni qayd etib, 4 ochko bilan 11-o‘ringa chiqdi.
Superliga. 7-tur
1 iyul (chorshanba)
«Andijon» – «Bunyodkor» 0:0
 
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Doston Mirzaraimov
«Andijon»: 71.Islombek Abdullayev, 4. Farhod Mirahmatov, 7. Jamshid Hasanov (27. Muhammad Yo‘ldoshev, 90), 8. Farhod Bekmuratov , 9.Emmanuel Arivchukvu, 14.Mishel Ibe, 17.Abdullo Olimov (25. Qahramon Bahodirov, 72), 22.Usmonali Ismonaliyev (11.Siroj Meliyev, 72), 23. Temur Usmonov (10.Artyom Litvyakov, 78), 77.Jahongir Abdumo‘minov (5.Xushnudbek Avilov, 78), 88.Dmitro Zozulya.
«Bunyodkor»: 71. Sarvar Karimov, 3. Islom Qobilov, 5. Ibrohimhalil Yuldashev, 8.Jasur Jaloliddinov (49. Farrux Ikromov, 64), 11.Rasul Yo‘ldoshev, 13.Lutfulla To‘rayev, 17. Sanjar Qodirqulov (34. Suhrob Izzatov, 84), 19. Nurillo To‘xtasinov, 30. Abdulla Abdullayev, 77. Selim Nurmuradov (6.Anvar G‘ofurov, 65), 90. Shahboz Erkinov (92. Humoyun Murtazoyev, 83).
Chetlatish: N. To‘xtasinov 60 (2SK).
Turnir jadvali:

179   
Добавить комментарий
Ваше имя: *