Goal24.uz » O'zbekiston » Vadim Abramov: «Chetlatilishgacha g‘alabaga yaqin edik»

Vadim Abramov: «Chetlatilishgacha g‘alabaga yaqin edik»

Автор: admin

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan «Andijon» - «Bunyodkor» (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
«Umuman olganda, chetlatilishgacha ham undan oldin ham g‘alabaga yaqin edik. Afsuski, g‘alaba qozona olmadik. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanmadik. Natijada durang o‘ynadik. Aslida bunday havoda va maydonda o‘ynash qiyin. Maydonda to‘p yurishi og‘ir. 
Anvar G‘ofurovni yoshi sababli zaxirada qoldirgandim. Chunki, taqvim tig‘iz, tez-tez o‘ynaymiz, shuning uchun unga biroz dam berishni xohlagandim. Ammo qizil kartochka sababli taktikada o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldim va uni maydonga tushirdim.
«Andijon»ga qarshi so‘nggi uch yildagi o‘yinimiz durang bilan yakunlanayotgani haqidagi statistikani o‘yindan oldin ko‘rgandim. Bu tasodifmas, o‘yindagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Kelasi yil g‘alaba qozonishga harakat qilib ko‘ramiz», - deya Vadim Abramovning so‘zlarini keltirmoqda «Bunyodkor» matbuot xizmati.
«Bunyodkor» klubi Superliga 7-turidan keyin turnir jadvalida 13 ochko bilan hozircha 4-o‘rindan joy olgan.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *