Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. Obameyangdan dubl, «Lester» ketma-ket 3-o‘yinda ochko yo‘qotdi, «Nyukasl»dan yirik g‘alaba

APL. Obameyangdan dubl, «Lester» ketma-ket 3-o‘yinda ochko yo‘qotdi, «Nyukasl»dan yirik g‘alaba

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 32-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar yakuniga yetdi.
«Arsenal» o‘z maydonida «Norvich» ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda Obameyang dubl qayd etdi.
«Lester» esa «Everton» maydoniga safar qilib Premer-liga doirasidagi ketma-ket uchinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotdi - Anchelotti jamoasi Rojers klubini mag‘lub etdi.
«Nyukasl» esa kutilmaganda «Bornmut» maydonidan 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani rasmiylashtirdi.
Ushbu o‘yinlardan keyin «Arsenal» ochkolari sonini 46taga yetkazib, «Tottenhem»dan o‘zib 7-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Nyukasl» 39 ochko bilan 14-o‘rindan joy olgan. Ketma-ket 3-o‘yinda ochko yo‘qotgan «Lester» esa 55 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda qoldi. «Chelsi» «Vest Hem»ni mag‘lub eta olsa, «Lester» bilan joy almashdi.
APL. 32-tur. 1 iyul
Everton – Lester 2:1
Gollar: 1:0 – 10 Risharlison, 2:0 – 16, penalti Sigurdsson, 2:1 – 51 Ixeanacho.
Everton – Pikford, Din, Koulmen, Xolgeyt, Kin, Sigurdsson, Ivobi (Mina, 68), Gordon (Bernard, 79), Andre Gomesh, Risharlison (Devis, 57), Kelvert-Lyuin.
Lester – Shmeyxel, Evans, Seyundjyu, Jastin, Chiluell, Tilemans (Peres, 81), Barns (Ixeanacho, 46), Ndidi, Olbrayton (Grey, 81), Prat (Meddison, 46), Vardi.
Arsenal – Norvich 4:0
Gollar: 1:0 – 33 Obameyang, 2:0 – 37 Jaka, 3:0 – 67 Obameyang, 4:0 – 81 Soaresh.
Arsenal – Martines, Tirni, David Luiz, Mustafi (Xolding, 46), Belerin (Soaresh, 77), Sebalos, Jaka, Nelson (Uillok, 58), Kolashinats, Obameyang (Pepe, 82), Lyakazett (Nketia, 76).
Norvich – Krul, Godfri, Aarons, Lyuis, Tetti, Maklin, Kentuell (Shtipermann, 75), Buendia (Ernandes, 46), Tribull (Ida, 46), Rupp (Vranchich, 75), Pukki (Drmich, 46).
Bornmut – Nyukasl 1:4
Gollar: 0:1 – 5 Geyl, 0:2 – 30 Longstaff, 0:3 – 57 Almiron, 0:4 – 77 Lazaro, 1:4 Den Gosling – 90+4.
Bornmut – Remsdeyl, Smit, Kuk (Mifem, 80), Ake, Kelli, Bruks (Uilson, 62), Billing (Kuk, 46), Lerma (Gosling, 75), Dandjuma (Stanislas, 62), Solanke, King.
Nyukasl – Dubravka, Mankilo (Yedlin, 73), Lassels, Kraft, Fernandes, Shelvi, Longstaff (Almiron, 33), Bentaleb, Sen-Maksimen (Lazaro, 62), Joelinton (Xeyden, 72), Geyl (Kerroll, 62).
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *