Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. «Rostov» 102-daqiqada penaltidan gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

RPL. «Rostov» 102-daqiqada penaltidan gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Автор: admin

Rossiya chempionatida 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘z maydonida «Krasnodar»ni qabul qilgan «Rostov» 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Markus Bergning goli «buqalar»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Ivelin Popov 102-daqiqada penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi. VAR ko‘p vaqt olgani sabab o‘yin 110 daqiqa davom etdi.
Bu durangdan so‘ng uchinchi o‘rindagi «Krasnodar»ning ochkolari soni 45taga yetgan bo‘lsa, «Rostov» 42 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. 62-daqiqada almashtirilgan o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov o‘yin davomida sariq kartochka oldi va «Krilya Sovetov»ga qarshi keyingi tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Rossiya chempionati, 25-tur
Rostov – Krasnodar 1:1
Gol: Popov (102, penalti) – Berg (13).
Rostov: Pesyakov, Chernov, Osipenko, Chistyakov, Bayramyan (Xadjikadunich, 62), Zaynutdinov (Vedernikov, 87), Saplinov (Popov, 72), Glebov (Normann, 71), Ionov, Mamayev, Shomurodov (Dolgov, 62).
Krasnodar: Safonov, Martыnovich, Petrov, Ramires, Pantaleao, Vanderson (Fernandesh, 75), Olsson (Kabella, 75), Gazinskiy (Chernikov, 64), Utkin (Suleymanov, 57), Vilena, Berg.
Ogohlantirishlar: Shomurodov (59), Saplinov (65), Mamayev (65), Zaynutdinov (68), Chernikov (79), Safonov (89).
167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *