Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. Sanches 9 oy o‘tib gol urdi, «Inter»dan 6:0 hisobidagi g‘alaba

A Seriya. Sanches 9 oy o‘tib gol urdi, «Inter»dan 6:0 hisobidagi g‘alaba

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 29-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.
«Inter» o‘z maydonida «Breshiya»ni qabul qilib javobsiz 6ta gol urdi. Eshli Yang hisobni ochgan bo‘lsa, uning «MYU»dagi sobiq jamoadoshi Sanches 9 oylik tanaffusdan keyin gol urib, 20-daqiqada penaltidan farqni ikkitaga oshirdi. D `Ambrozio, Galyardini, Eriksen va Kandrevaning gollari yakunda milanliklarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi – 6:0.
Ushbu o‘yindan keyin Antonio Konte jamoasi ochkolarini 64taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Latsio» bilan farqni 4taga yetkazdi. 
A Seriya. 29-tur. 1 iyul
Inter – Breshiya 6:0
Gollar: 1:0 – 5 Yang, 2:0 – 20, penalti Sanches, 3:0 – 45 D`Ambrozio, 4:0 – 52 Galyardini, 5:0 – 83 Eriksen, 6:0 – 88 Kandreva.
Inter – Handanovich, Bastoni, D`Ambrozio, de Vrey (Ranokkiya, 46), Yang, Mozes (Kandreva, 67), Barella (Agum, 59), Valero, Galyardini (Eriksen, 68), Sanches, Martines (Lukaku, 68).
Breshiya – Yoronen, Mateyu, Papetti, Sabelli (Mangraviti, 58), Semprini, Zmrgal (Shpalek, 58), Tonali, Dessena (Getssi, 82), Donnarumma (Torregrossa, 46), Aye, Skrabb (Byarnason, 46).
Bolonya – Kalyari 1:1
Gollar: 1:0 – 45 Barrou, 1:1 – 46 Simeone.
Bolonya – Skorupski, Bani, Deyks (Kreychi, 71), Larangeyra, Tomiyasu, Soriano, Medel (Svanberg, 90), Sxauten (Dominges, 70), Orsolini, Barrou, Palasio (Sansone, 71).
Kalyari – Krano, Pellegrini (Ionitse, 78), Cheppitelli (Likoyannis, 24), Valyukevich (Pizakane, 65), Mattello, Nainggolan, Nandes, Joao Pedro, Rog, Karboni, Simeone.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *