Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Vest Hem» 5ta gol urilgan o‘yinda «Chelsi»ning 5 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi

APL. «Vest Hem» 5ta gol urilgan o‘yinda «Chelsi»ning 5 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 32-turi doirasida «Vest Hem» «Chelsi»ga qarshi saf tortdi.
Uchrashuvda hisobni Villian penaltidan ochgan bo‘lsa, 45-daqiqada Souchek, 51-daqiqada Antonio o‘z gollari bilan mezbonlarni hisobda oldinga chiqargandi - 2:1.
Ammo 72-daqiqada Villian jarima to‘pidan yo‘llangan ajoyib zarbasi evaziga muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan ukrainalik Andrey Yarmolenko qarshi hujumdan foydalanib, «Vest Hem»ga muhim g‘alabani keltirdi – 3:2.
Qayd etish joiz, bungacha Devid Moyes jamoasi ketma-ket 3 o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, «Chelsi»ning g‘alabali seriyasi beshta o‘yinga yetgandi. «London derbisi»da esa bu seriyaga chek qo‘yildi.
Natijada «Chelsi» bu turda «Lester»ning mag‘lubiyatidan foydalana olmay, 54 ochko bilan 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Vest Hem» 30 ochko bilan 16-o‘ringa ko‘tarildi.
APL. 32-tur
Vest Hem – Chelsi 3:2

Gollar: 0:1 – 42, penalti Villian, 1:1 – 45 Souchek, 2:1 – 51 Antonio, 2:2 – 72 Villian, 3:2 – 89 Yarmolenko.
Vest Hem – Fabianski, Diop, Kressuell, Ogbonna, Frederiks, Souchek, Fornals, Antonio, Lansini (Uilsher, 68), Bouen (Yarmolenko, 78), Rays.
Chelsi – Arrisabalaga, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Kovachich (Maunt, 53), Kante, Pulishich, Barkli (Loftus-Chik, 63), Villian, Abraham (Jiru, 63).
223   
Добавить комментарий
Ваше имя: *