Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Unai Emeri Italiyada ish boshlashi mumkin

Unai Emeri Italiyada ish boshlashi mumkin

Автор: admin

Italiyaning «Fiorentina» klubi ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri xizmatiga qiziqish bildirmoqda. «Arsenal»ning sobiq ustozi florensiyaliklarga bosh murabbiy qilib tayinlanishi mumkin, deb yozadi jurnalist Nikola Skira.
«Fiorentina» A Seriyaning bu mavsumida 14-o‘rinni egallab turibdi. Klub rahbariyati bosh murabbiy Juzeppe Yakini ishidan mamnun emas.
48 yoshli Emeri 2019 yil noyabr oyida «Arsenal»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Italiyaliklar u bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, Unai «Arsenal»ga qadar «Sevilya» va «PSJ» klublarida muvaffaqiyatli ishlab, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *