Goal24.uz » O'zbekiston » PFL 2ta klubni Birinchi Ligadan chetlatdi

PFL 2ta klubni Birinchi Ligadan chetlatdi

Автор: admin

«Sherdor» va «Ittifoq Navoiy» futbol klublari belgilangan talablarni bajarmagani hamda qatnashchilik badali va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun Professional Futbol Ligasi ishtirokchilari safidan chiqarildi.
Shu haqdagi qaror PFL Ijroqo‘mining 2020 yil 30 iyundagi yig‘ilishida qabul qilindi.
«Sherdor» futbol klubi 2018 yilda, «Ittifoq Navoiy» futbol klubi esa 2019 yilda Pro-Liga ishtirokchilari safiga shartli ravishda qabul qilingan edi. Ammo hozirga qadar klublar o‘z majburiyatlarini bajargani yo‘q», - deyiladi PFL xabarida. 
«Sherdor» klubi faoliyati o‘rganilganda moliyaviy hisob to‘liq yuritilmasligi, 2020 yilgi xarajatlar smetasi tasdiqlangan bo‘lsa-da, moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi aniqlangan. Shunday bo‘lsa-da, klubga 1 aprelga qadar vaziyatni o‘nglash uchun muddat berilgan hamda shartli ravishda Birinchi liga ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Ittifoq Navoiy» futbol klubi ham o‘tgan yilgi mavsumda chempionatda munosib ishtirok etmagani, reglament talablarini to‘liq bajarmagani, ishtirokchilik badali bo‘yicha qarzi borligi qayd etilgan.  
PFL bu klublarga Ikkinchi liga musobaqasida faoliyatini davom ettirishni tavsiya qilmoqda.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *