Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » «Borussiya Dortmund» Allegri bilan xufyona bog‘landi

«Borussiya Dortmund» Allegri bilan xufyona bog‘landi

Автор: admin

Italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
30 iyun kuni murabbiyning «Yuventus» bilan imzolagan shartnomasi muddati rasman yakuniga yetdi va u erkin agentga aylandi.
Sky Sport xabariga ko‘ra, Dortmundning «Borussiya» klubi Allegrining xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Yaqinda nemislar u bilan bog‘lanib, xufyona muzokara o‘tkazishgan.
Ayni paytda «qovog‘arilar»ni fransiyalik mutaxassis Lyusen Favr boshqaryapti. Klub uning qo‘l ostida Bundesliganing o‘tgan mavsumida 2-o‘rinni egalladi.
Avvalroq, Allegri bilan «PSJ» va «Nyukasl» klublari ham shartnoma imzolamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *