Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola: «Sancho «Siti»ga qaytishni aniq istamaydi»

Gvardiola: «Sancho «Siti»ga qaytishni aniq istamaydi»

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Borussiya» yarimhimoyachisi Jeydon Sanchoning sobiq jamoasiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Sancho klubdan ketishga qaror qilgan, nega endi qaytishi kerak? Uch yil avval u «Manchester Siti»dan «Borussiya» safiga o‘tib, yana qaytishni istamasa kerak. Jeydon bu klubda o‘shandayoq qolishni xohlamagan ekan, hozir qaytishni aniq istamaydi», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail. 
Ma’lumot uchun, Jeydon 2015 yil «Uotford»dan «Manchester Siti» akademiyasiga o‘tib, 2017 yilda shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun «Siti» tomonidan mavsum oldi yig‘inga olib borilmagan. Yakunda Sancho «Borussiya» klubi safiga borib qo‘shilgandi.
112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *