Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan «Real» tarkibini Mane bilan kuchaytirmoqchi

Zidan «Real» tarkibini Mane bilan kuchaytirmoqchi

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Liverpul» yarimhimoyachisi Sado Mane bilan tarkibni kuchaytirishni istayapti.
Daily Mail xabariga ko‘ra, o‘tgan yili yozda ham fransiyalik mutaxassis 28 yoshli futbolchi transferini amalga oshirishni so‘ragan edi. 
«Real» pandemiyadan kelib chiqqan inqiroz sababli Mane transferi uchun hozir mablag‘ topolmaydi. Shu tufayli murabbiyga Vinisius Junior xizmatiga tayanishni tavsiya qilmoqda.
Mane «Liverpul»da o‘zini baxtiyor his qilmoqda. Uning maoshi haftasiga 150 ming funtga teng.
«Real» esa pandemiyadan oldin ham mablag‘ni tejash rejimiga o‘tgan. Chunki klub «Santyago Bernabeu» stadionini qayta ta’mirlash ishlari uchun 800 mln yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Bu mavsumda Mane «Liverpul» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *