Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: "Barselona" Grizmanni transferga qo‘yishi mumkin

Manba: "Barselona" Grizmanni transferga qo‘yishi mumkin

Автор: admin

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann "Barselona"ni tark etish mumkin
Klub prezidenti Xosep Bartomeu 29 yoshli hujumchining o‘yinidan norozi va uni transferga qo‘yishi mumkin.
Bartomeu Grizmannning ko‘rsatayotgan natijalaridan va futbolchining Kataloniya jamoasidagi uzoq vaqt moslashuvidan qoniqmayapti, deb xabar beradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Grizmanni "Atletiko"dan 2019 yil yozida 120 million yevroga sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Antuan La Ligada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 8ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: AS

134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *