Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Robert Levandovski: “Real”ga o‘tmaganimdan afsuslanmayman

Robert Levandovski: “Real”ga o‘tmaganimdan afsuslanmayman

Автор: admin

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bir vaqtlar “Real”dan tushgan taklif va Myunxen klubining joriy mavsum Chempionlar Ligasidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
“O‘sha paytda ko‘plab muhokamalar o‘tkazilgandi. Albatta, “Real” ajoyib klub. Men ularning taklifini o‘ylab ko‘rdim. Ammo “Bavariya”da qoldim va bundan hech qachon afsuslanmayman. Biz bir oilamiz va bu o‘rtadagi har qanday shubhani yo‘q qilishi kerak. Myunxenda baxtliman. Men “Bavariya”ning yuz foizlik o‘yinchisiman.
Avgust oyida 32 yoshga to‘laman, lekin o‘zimni 27 yoki 28 yoshdek his qilyapman, ehtimol undan ham yoshdir. Men ko‘p yillar davomida yuqori darajada o‘ynashni xohlayman va bunga erishish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.
O‘zim uchun chegarani ko‘rmayapman, bundan ham yaxshiroq bo‘lishim mumkin. O‘z imkoniyatlarimdan to‘liq foydalanyapman deb o‘ylamayman. Nazarimda, bu mavsumda imkoniyatlarimning 90 foizini ko‘rsata oldim.
Rostini aytsam, “Bavariya” ushbu mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. Jamoadagi muhit ajoyib, futbolchilar o‘rtasida ahillik mavjud”, — deydi Levandovski.
Ushbu mavsumda Levandovski Bundesligada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol urdi va 4 ta golga hammualliflik qildi. Eslatib o‘tamiz, polshalik hujumchi 2014-yilning yozida Dortmundning “Borussiya”sidan “Bavariya”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan. Uning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2023-yilning yozigacha amal qiladi.
155   
Добавить комментарий
Ваше имя: *