Goal24.uz » O'zbekiston » «Sherdor» klubi bosh murabbiyi PFL qaroridan keskin norozi bo‘ldi

«Sherdor» klubi bosh murabbiyi PFL qaroridan keskin norozi bo‘ldi

Автор: admin

Samarqandning «Sherdor» klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov telegram kanalida PFL qaroridan keskin norozi ohangdagi fikrlarini bayon qildi.
Avvalroq PFL ijroqo‘mi «Sherdor» va «Ittifoq Navoiy» futbol klublarini belgilangan talablarni bajarmagani, hamda musobaqada ishtirok etish badali va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun Professional Futbol Ligasi ishtirokchilari safidan chiqarib tashlagan va Ikkinchi Ligada ishtirok etishni tavsiya qilgan edi.
Baxtiyor Sattorov bu xabarga quyidagicha munosabat bildirdi  (muallifning orfografiya va punktuatsiyasi saqlab qolindi): 
«Bugungi yangilik hammasidan o‘tib tushdi. Sherdor FK PRO ligadan reglamentga zid ravishda 1-ligaga tushurilgan edi 2 oy avval, endi 1-ligadan 2-ligaga ravona qilishdi. Sherdor FK O‘zPFL oldida qarzdorlik yo‘q. O‘tgan yil uchun 100 million so‘m badal pullari o‘tqazilgan. Endi yana 150 million beraslar deb turib olishdi. Agar biz 250 mln. to‘lasak, unda nega 1-ligadamiz? Zomin qaysi Sport prinsipi yoki reglamentga asosan qo‘shildi? O‘zPFL bunga qanday javob qaytaradi?
Sherdor FK halol o‘yin tarafdori, shu kunga qadar hech qaysi bir kelishilgan o‘yinlarda, totalizatorlarda ishtirok etmagan, ishtirok etmaydi ham. Balki shu sabab klubni PRO ligadan 2-ligaga ravona qilgan bo‘lishi ham mumkin katta ehtimol bilan.
Bu ham futbolni rivojlantirishdagi yana bir orqaga tashlangan qadam. O‘zbek futboli sharhlovchi, jurnalist va blogerga qolgandan keyin yana nimani kutish mumkin. Samarqand futboli borgansari botqoqga botmoqda. Kim qutqaradi Samarqand futbolini? O‘FA 1-vitse prezidenti Ravshan Irmatov bunga qanday munosabat bildiradi?», - deb yozdi Baxtiyor Sattorov.
Eslatib o‘tamiz, Pro-Liganing 2019 yilgi mavsumida «Sherdor» 8ta klub ichida 7-o‘rinni egallab, ligadagi o‘rnini saqlab qolgan edi.


132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *