Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» va «Manchester Siti» Grizmann bo‘yicha «Barselona»ga so‘rov jo‘natdi

«MYU» va «Manchester Siti» Grizmann bo‘yicha «Barselona»ga so‘rov jo‘natdi

Автор: admin

Angliyaning «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» klublari «Barselona»ga Antuan Grizmann transferi masalasida so‘rov jo‘natishdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda. 
Manbaning yozishicha, «Barselona» so‘rovga javoban fransiyalik hujumchini sotish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, klubdagi mavqeiga qaramay, Grizmann «Barselona»dan ketish haqida o‘ylayotgani yo‘q. Shunga qaramay, futbolchining agenti mijozining klubdagi holati bo‘yicha klub rahbariyati bilan uchrashmoqchi.
 
Antuan so‘nggi marta 16 iyun kungi «Leganes»ga qarshi o‘yinda «Barselona» safida to‘liq o‘yinni o‘tkazgandi. Oxirgi uchta o‘yinda esa zaxiradan maydonga tushmoqda. Xususan, «Atletiko»ga qarshi bahsda bosh murabbiy Seten uni 90-daqiqada maydonga tushirgani 120 million transfer puli evaziga sotib olingan futbolchiga yoqmagan.
Ma’lumot uchun, Grizmann joriy mavsum La Ligada 32 o‘yinda 8ta gol urib, 5ta assistga mualliflik qilgan.
172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *