Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Inter» Ashraf Hakimi transferini e’lon qildi

«Inter» Ashraf Hakimi transferini e’lon qildi

Автор: admin

Huquqiy jihatdan «Real» klubiga tegishli bo‘lgan himoyachi Ashraf Hakimi faoliyatini «Inter» klubida davom ettiradi. Bu haqda Milan klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

E’lon qilinishicha, 21 yoshli himoyachi «Inter» bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. 
Oldinroq, Hakimi uchun Italiya klubi Madrid jamoasi 40 million yevro transfer puli va yillik 5 million yevro maosh berishi haqida xabar berilgandi. 
Ma’lumot uchun, Hakimi so‘nggi ikki mavsumni «Borussiya» klubida o‘tkazdi. Marokashlik futbolchi yakunlangan mavsumda Bundesligada 32 uchrashuvda 5ta gol va 10ta assistga mualliflik qilgan.


146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *