Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Azarning "Borussiya"dagi yangi raqami ma’lum bo‘ldi

Azarning "Borussiya"dagi yangi raqami ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

U Gyottse o‘rnini egallaydi "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Torgan Azar yangi mavsumda 10 raqam ostida to‘p suradi.
Oldinroq, bu raqam mavsum yakunlariga ko‘ra dortmundliklar safini erkin agent sifatida tark etgan Mario Gyottsega tegishli edi.
Joriy mavsumda 27 yoshli Azar "Borussiya" safida 43 ta o‘yinda 7 gol va 14 ta golli uzatma berdi. Bungacha, belgiyalik futbolchi nemis klubi safida 23 raqam ostida to‘p surgandi.
191   
Добавить комментарий
Ваше имя: *