Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Benzema sud oldida javob berishini prokuratura talab qilmoqda

Benzema sud oldida javob berishini prokuratura talab qilmoqda

Автор: admin

«Real» hujumchisi Karim Benzema sud oldida javob berishi mumkin.

Gap shundaki, bundan 5 yil avval fransiyalik futbolchi «Olimpiakos» yarim himoyachisi Matyo Valbuena ishtirokidagi intim videoni tarqatib yubormaslik uchun o‘yinchidan pul talab qilish bilan bog‘liq ishda vositachi bo‘lgandi.

Versal prokuraturasi bugun, 2 iyul kuni yuqoridagi ish bo‘yicha Benzema sud oldida javob berishini talab qildi. Bundan tashqari, prokuratura tovlamachilikda ishtirok etgan yana 4 nafar shaxsning sudga tortilishini istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur voqea tufayli Karim Benzema Fransiya terma jamoasidan chetlatilgan edi. Shu bois, u Yevro-2016 va JCH-2018ni o‘tkazib yubordi.
Manba: sports.ru

233   
Добавить комментарий
Ваше имя: *