Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Tottenhem» «Sheffild»ga yengilib, 9-o‘ringa tushdi

«Tottenhem» «Sheffild»ga yengilib, 9-o‘ringa tushdi

Автор: admin

Angliya chempionatida 32-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. O‘z maydonida «Tottenhem»ni qabul qilgan «Sheffild» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan so‘ng «Sheffild» ochkolari sonini 47taga yetkazib, aynan bugungi raqibi «Tottenhem» hamda «Arsenal»ni ortda qoldirdi va 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Tottenhem» esa 45 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi.
APL. 32-tur
Sheffild Yunayted – Tottenhem 3:1
Gollar: Berge (31), Musse (69), Makberni (84) – Keyn (90).
Sheffild Yunayted: Henderson, Boldok, Igan, Robinson, Stivens, Osborn, Berge, Norvud, Bashem, Makgoldrik (Musse, 63), Makberni.
Tottenhem: Loris, Ore (Ndombele, 71), Sanches, Devis (Vertongen, 81), Dayer, Lukas Moura, Sissoko (Alli, 71), Bergveyn (Lamela, 56), Lo Chelso, Son Xyon Min, Keyn.
Ogohlantirish: Norvud (39).
170   
Добавить комментарий
Ваше имя: *