Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Barselona”dan kamtarin transfer
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yozda “Levante” yarim himoyachisi Xose Kampani bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“MundoDeportivo” nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchining maydon markazidagi ishonchli o‘yini sababli tarkibga qo‘shim olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” jamoasi tarbiyalanuvchisi “Levante” safida 142 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 11 ta gol+ 19 ta assist yozib qo‘ygan.
Kuman “Barselona”da?!
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasida kelasi mavsumdan Ronald Kuman ish boshlashi mumkin.
“Daily Mail” nashrining ma’lum qilishicha, gollandiyalik murabbiy Kataloniya klubini boshqaruvini o‘z qo‘liga olish niyatida. Aslida, u Yevro 2020 turniridan so‘ng, Kataloniyada ish boshlashni reja qilgan edi, biroq musobaqa ortga surilgach barchasi o‘zgarib ketdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda Kike Setyenning faoliyatidan “Barselona” futbolchilarining norozi va u kelasi mavsumda iste’foga chiqariladi.
Zuma 30 million?!
 
Londonning “Chelsi” klubi Kurt Zumani PSJga 30 million yevro evaziga sotib olishni taklif qilmoqda.
TF1 nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 25 yoshli himoyachini sotib yuborish ishlarini boshlab yuborgan.Gap shundaki, jamoa yozda “RB Leypsig” himoyachisi Dayot Upamekanoning transferi uchun 50 million yevro topishi lozim.
Manbaning ma’lum qilishicha, Zuma uchun “Tottenhem” va “Erverton” klublari ham kurashga qo‘shilgan.

Grizman sotiladimi?
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasida omadsiz mavsum o‘tazayotgan Antuan Grizman bilan APL grandlari qiziqib qoldi.
“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubiga fransuz borasida “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublaridan takliflar kelib tushgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” o‘z futbolchisini sotmoqchi emas. Shu sababli, tez orada klub Antuan va uning agenti bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi JCH g‘olibining klub bosh murabbiyi Kike Setyen bilan orasidan “ola mushuk o‘tgan”.
“Verder” himoyachisi nishonda
 
Bremenning “Verder” klubi himoyachisi Milosh Velkovich kelasi mavsumni grand klublardan birida boshlash arafasida turibdi.
“Bild”ning ma’lum qilishicha, 24 yoshli serb bilan “Inter” va “Latsio” klublari jiddiy qiziqib qolgan. Ikki klub ham kelasi mavsumda YCHLda ishtirok etishi mumkinligi bois, “musiqachilar” Miloshning transferidan yaxshigina pul ishlab olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Milosh va “Verder” o‘rtasidagi shartnoma 2022-yilda o‘z yakuniga yetadi.

378   
Добавить комментарий
Ваше имя: *