Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourinyo VARni tanqid ostiga oldi

Mourinyo VARni tanqid ostiga oldi

Автор: admin

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya chempionatining 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yin (1:3) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, mezbonlar hisobni ochishganidan keyin Xarri Keyn oradan bir daqiqada o‘tar-o‘tmas hisobni tenglashtirgan edi. Ammo to‘p yiqilayotgan Lukas Mouraning qo‘liga tekkani bois VAR golni bekor qildi.

«His qilayotgan narsamni to‘liq aytib bera olmasam kerak. Maydondagi referi endi hakam emas. Maydondagi inson — VAR yordamchisi. Bayroq ko‘targanlar esa — VAR yordamchisining assistentlari.

Maydondagi inson bosh hakam bo‘lishi kerak. Biz harakatlanayotgan yo‘nalish mazkur ajoyib o‘yin uchun juda yomon.

Uchrashuvda yuz berayotgan voqealarni yengib o‘tish uchun biz ruhiy jihatdan kuchli bo‘lishimiz kerak. Biz Maykl Oliver (videoyordamchi hakam)ning qaroridan keyin emosional jihatdan o‘la olmaymiz.

Ikkinchi bo‘limda to‘p bizda bo‘ldi, ammo o‘yinni o‘zgartirish uchun bizda imkoniyat bo‘lmadi», — dedi Mourinyo.
Manba: sport24.ru
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *