Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. “Napoli” Bergamoda taslim etildi, “Roma”da ham mag‘lubiyat

A Seriya. “Napoli” Bergamoda taslim etildi, “Roma”da ham mag‘lubiyat

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin 2-iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Napoli” safarda “Atalanta” bilan bahs yuritdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Mario Pashalich va Robin Gosens tomonidan kiritilgan to‘plar bergamoliklarga g‘alaba olib keldi.
“Atalanta” 60 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. “Napoli” (45) esa 6-pog‘onada qoldi.
“Roma” jamoasi o‘z uyida “Udineze”ni qabul qildi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Kevin Lazanya mehmonlarning dastlabki golini urdi. Buning ustida rimliklar birinchi bo‘lim o‘rtalarida bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. 78-daqiqada “Udineze” futbolchilari ikkinchi golni urgan holda g‘alabani mustahkamladi.
“Roma” 48 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. “Udineze” (31) esa 14-pog‘onaga ko‘tarildi.
A Seriya
29-tur bahslari
2-iyul, payshanba

“Atalanta” — “Napoli” 2:0

Gollar: 1:0 – 47 Pashalich, 2:0 – 55 Gosens.
“Atalanta”: Gollini, Gosens, Kaldara (Palomino, 72), Toloi (Shutalo, 89), Kastan, Gomes (Muriel, 88), de Ron, Froyler, Pashalich (Tamez, 89), Gimshiti (Xatebur, 81), Sapata.
“Napoli”: Ospina (Meret, 30), Mariu Ruy, Di Lorenso, Maksimovich, Kulibali, Zelinski, Demme (Lobotka, 73), Insinye (Losano, 58), Fabian Ruis, Politano (Kalyexon, 73), Mertens (Milik, 57).
Ogohlantirishlar: Mariu Ruy (67), Toloi (88).

“Roma” — “Udineze” 0:2

Gollar: 0:1 – 12 Lazanya, 0:2 – 78 Nestorovski.
“Roma”: Mirante, Bruno Peres (Zappakosta, 63), Fasio (Rojer, 73), Smolling, Kolarov, Kristante, Diavara (Vilyar, 63), Karles Peres, O‘nder (Mxitaryan, 46), Perotti, Kalinich (Jeko, 73).
“Udineze”: Musso, Larsen (Samir, 81), Rodrigo Bekao, Nyuytink, Zegelar (ter Avest, 65), Uolas (Fofana, 57), de Paul, Yayalo, De Mayo, Lazanya (Teodorchik, 46), Okaka Chuka (Nestorovski, 65).
Ogohlantirishlar: Zegelar (11), Okaka Chuka (45), Vilyar (68), Rojer (88).
Chetlatish: Perotti (29).
29-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
180   
Добавить комментарий
Ваше имя: *