Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi «Barselona»dagi vaziyatdan norozi va ketish haqida o‘ylamoqda

Messi «Barselona»dagi vaziyatdan norozi va ketish haqida o‘ylamoqda

Автор: admin

Argentinalik hujumchisi Lionel Messi «Barselona»ni tark etishi mumkin.
Cadena Ser xabariga ko‘ra, futbolchi yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan. 
U klubdagi vaziyatning yomonlashganidan, ichki voqealarning oshkor bo‘layotganidan, shuningdek, barcha mas’uliyat o‘zining zimmasiga yuklanayotganidan norozi. Bundan tashqari, rahbariyatda tayinli loyihaning yo‘qligidan afsusda.
33 yoshli Messining amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi.
La Liganing bu mavsumida futbolchi 28ta o‘yinda maydonga tushib, 22ta gol urgan va 17ta golga hammualliflik qilgan.
170   
Добавить комментарий
Ваше имя: *