Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Bizni yana beshta final kutib turibdi»

Zidan: «Bizni yana beshta final kutib turibdi»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 33-turi doirasidagi «Xetafe»ga (1:0) qarshi uchrashuvdan keyin o‘yin haqida to‘xtaldi.
«O‘yinning og‘ir kechishi uchrashuvdan oldin ma’lum edi. Birinchi bo‘limda «Xetafe» juda yuqori pressing bilan o‘ynadi va bu bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramay, biz bosiqlik bilan o‘z vaqtimizni kutdik. 
Eng asosiysi, raqibning himoyadagi ishonchli o‘yinidan asabiylashmay, xotirjam to‘p surdik va g‘alaba qozondik. Yigitlarni ruhiy va jismonan oson bo‘lmagan bahsdagi g‘oliblik bilan tabriklayman.
Bu shunchaki 3 ochko, biroq biz uchun juda muhim g‘alaba. Bizni yana beshta final kutib turibdi. Chempionat yakunlanmaguncha, chempionlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas», - deydi «Real» bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, La Liga yakuniga 5 tur qolganida «Real» 1-o‘rinda borib, «Barselona»ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *