Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Sane: «Bavariya» meni maqsadlari bilan ko‘ndirdi»

Sane: «Bavariya» meni maqsadlari bilan ko‘ndirdi»

Автор: admin

Leroy Sane «Manchester Siti»dan «Bavariya» safiga o‘tgach, ilk taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bavariya» o‘z rejalari bilan meni bu jamoaga o‘tishimga ko‘ndirdi. Bu katta tarixga ega buyuk klubdir. Bizga sovrinlar kerak, «Bavariya» aynan sovrinlarni yutadigan jamoa sanaladi. Chempionlar ligasi bosh sovrini bu klub uchun doim asosiy maqsadga aylanadi. Men ham aynan Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun asosiy da’vogarga aylanadigan klubga o‘tishni istagandim. Bu borada maqsadimiz bir xil. Jamoa a’zolari bilan uchrashuvni intizorlik bilan kutayapman. Bosh murabbiy Flik bilan Germaniya yoshlar jamoasida birga ishlaganman. Alohida tanishuvga hojat qolmaydi», — deya Sanening so‘zlarini keltirmoqda «Bavariya» rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, Sane Myunxen klubiga 50 million yevro transfer puli evaziga o‘tgani xabar qilingandi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *