Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga 8-turining 2ta o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

Superliga 8-turining 2ta o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

Автор: admin

PFL Superliga 8-turidan o‘rin olgan 2 o‘yinni Toshkent shahriga ko‘chirdi.
«8-turdan o‘rin olgan «Surxon» - «Lokomotiv» o‘yini Termizda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo, hozirda Termiz shahri Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xavfsizlik darajasi bo‘yicha ajratilgan hududlar toifasiga ko‘ra «qizil», ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan hududga kirgani uchun, o‘yin ikki tomonning roziligiga ko‘ra Toshkent shahriga ko‘chirildi. Jamoalarning ikkinchi davradagi bahsiga esa «Surxon» sport majmuasi mezbonlik qiladi. 
Shuningdek, bu turdan o‘rin olgan «Mash’al» – «Paxtakor» bellashuvi ham shu sabab tufayli Muborakda emas, Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi», - deyiladi xabarda.
«Surxon» - «Lokomotiv» o‘yini 6 iyul kuni, «Mash’al» – «Paxtakor» o‘yini 7 iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan.
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *