Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan Messining «Barsa»dan ketishi mumkinligiga munosabat bildirdi

Zidan Messining «Barsa»dan ketishi mumkinligiga munosabat bildirdi

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Barselona» hujumchisi Lionel Messining «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
«Nima bo‘lishini bilmayman, ammo umid qilamanki u «Barsa»da qoladi. Sababi Messi La Ligada o‘ynaydi, biz bu chempionatda eng yaxshi futbolchilar to‘p surishini istaymiz», – deydi Zidan.
Oldinroq, 33 yoshli argentinalik hujumchining 2021 yilda «Barselona»ni tark etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining klubdagi ichki muammolardan charchagani aytilgandi.
Messi joriy mavsumda La Liga doirasidagi 28 o‘yinda 22ta gol kiritib, 18ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *