Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Xosep Gvardiola «Manchester Siti»da katta o‘zgarishlar qilmoqchi. Uning asosiy transfer maqsadlari ma’lum

Xosep Gvardiola «Manchester Siti»da katta o‘zgarishlar qilmoqchi. Uning asosiy transfer maqsadlari ma’lum

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani qaytadan qurmoqchi.

The Guardian xabariga ko‘ra, Gvardiolaning asosiy maqsadlari — «Bavariya» himoyachisi David Alaba va «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali.

Gvardiolani 28 yoshli Alabaning chap qanot himoyasi va himoya markazida bir xil darajada o‘ynay olish qobiliyati o‘ziga jalb qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis «shaharliklar»ning aynan ushbu ikki nuqtasini kuchaytirishga jiddiy bel bog‘lagan.

Avvalroq «Manchester Siti» Leroy Sane transferi doirasida Alabani sotib olmoqchi bo‘lgandi, biroq Myunxen klubi bu taklifni rad etgan.

Alaba Bundesligada 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgan. Kulibali esa A Seriyada 17 ta o‘yin o‘tkazgan.
174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *