Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan chempionlik uchun yangi uslubni qo‘llamoqda

Zidan chempionlik uchun yangi uslubni qo‘llamoqda

Автор: admin

Goal24.uz “Real Madrid” jamoasi ustozi Zayniddin Zidan tomonidan qo‘llanilayotgan o‘yin uslubi haqida qisqacha tunushcha berib o‘tadi.
Yana 5 ta uchrashuv Zidanni “Real Madrid” postidagi 11-sovrinidan ajratib turibdi xolos. Agar Zizu mavsum so‘ngiga qadar qoqilmasa, “Real” chempionlikni qo‘lga kiritadi. Bu Zidan uchun ikkinchi chempionlikka aylanishi mumkin.


Endilikda, Zidan o‘yinlarga yondashuvini to‘liq o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda. Agar Zidanning 2016/17-yildagi chempion jamoasining o‘yini bilan bugungi “Real”ni solishtirsangiz, o‘rtadagi farqni darrov angalaysiz. “Qirollik klubi” endilikda asosiy urg‘uni himoyaga qaratmoqda. Endilikda tarkibda BBC uchligi yo‘q, Beylning darajasi avvalgidek emas, Isko umuman formada emas, markazdagi futbolchilar ham kuchli pressingga yaramaydi va boshqa ko‘plab boshma mayda detallar sababli Zidan to‘liq yangi o‘yin uslubiga murojaat etmoqda.
Tan olish lozim, Zidanning hozircha yagona bo‘lib turgan Primero g‘olibligi yo‘lida eng katta mehnatni Krishtianu Ronaldu amalga oshirgan edi. O‘sha mavsumda Ronaldu va uning jamoadoshlari “La Liga”da 106 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan va o‘z darvozasidan 41 ta gol olib chiqadi. Agar o‘tkazib yuborilgan gollar soniga e’tibor qaratsak, bu mavsumda “Real”ning himoyasi ikki barobar yaxshiroq o‘yin namoyish etayotganini darrov anglash qiyin emas. 2016/17-mavsumdagi “Real” asosiy urg‘uni hujumga qaratgan va aynan shu faktor evaziga yakunda “Barselona”dan o‘zib ketgan edi. Bugungi “Real” yuqorida aytilganidek asosiy kuchni mudofaga qaratgan xolda tartibli himoyaga suyanmoqda. Umuman olganda, Zidanni bunda ayblash noo‘rin. Sababi, u ham qo‘l ostidagi ijrochilardan kelib chiqib natija keltiruvchi uslubdan foydalanishi lozim. Achinarlisi shundaki, Ronaldu ketgach “Real”da vaziyatlardan foydalanish borasida muammo paydo bo‘ldi. Oldingi chiziqdagi yigitlar o‘z ishini maksimum bajara olmagani uchun ham Zidan mavsumning muhim qismida himoyachilarga suyanmoqda. Bu mavsumda “qirollik klubi” “La Liga” doirasidagi 32 ta uchrashuvda atigi 60 ta gol kiritdi xolos. Hujumkor “Real”ning natijasidan 46 ta kam gol degani. Bu uslub avvaliga ko‘zga tashlanmagan edi, biroq “Espanyol”ga qarshi o‘yinda ko‘plab ekspertlar “Real”dagi o‘zgarishni payqab qolishdi.
Ayni damda Zidan himoyadagi Varan, Ramos va Karvahalni zich taqvimga qaramay har bir o‘yinda maydonga tushirmoqda. Chap qanotdagi Ferlan Mendi va Marselolar ham to‘liq standartga javob bermoqda. Shunchaki, Zidan ularning ikkisiga ham o‘yin amaliyoti taqdim etmoqchi shekilli. Zidan bu mavsumdagi 44 ta o‘yinning 37  tasida Danini, 39 tasida Serhioni 38 tasida Varanni asosiy tarkibda maydonga tushurdi. Bugungi “Real”ning bor kuchi mana shu himoyachilarda jam bo‘lganini shu kichik statistikadan ham bilib olishingiz mumkin.

Darvozada Tiba Kurtua sekin-asta “galaktikos” darajasiga chiqib keldi. Endilikda, u “Real”ning himoyaviy o‘yin uslubida yanada ko‘proq seyv ijro etish orqali muxlislar ishonchini qozonmoqda. Qahramonimiz “Espanyol”ga qarshi uchrashuvda o‘zining mavsumdagi 15-quruq matchini o‘tkazdi. Aslida Belgiyalik kipper bu mavsumda atigi 18 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi xolos. Zidanning himoyani mustahkamlashi sababli Kurtua ancha ishonch bilan harakat qilmoqda. Bugungi “Real” oldingi chiziqdagi uchlikka tayanib himoyaga e’tibor qaratmaydigan klub emas. Zidanning “yangicha” jamoasi himoyadagi mukammalikka intilish orqali o‘z darvozabonini ham yangi darajaga olib chiqmoqda. Kurtua mavsum boshida hammaning kulgusiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bugun u Yan Oblakdan “oltin qo‘lqop”ni tortib olishga yaqin turibdi. Mavsum restartidan so‘ng, Tibo atigi 2 bor gol qo‘yib yubordi xolos. Soddaroq qilib aytganda, himoyadagi yaxshi o‘yin Kurtuani o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortga qaytardi.


Yangi “Real”dagi yangi yetakchi deb Kazimironi ko‘rsata olamiz. Aynan braziliyalik futbolchi himoyadagi uchlik va Kurtua singari almashtirib bo‘lmas figuraga aylanib ulurdi. Bunga qaysidir ma’noda uning o‘rnini bosishga qodir futbolchi yo‘qligi bilan bog‘lashimiz mumkin. Darhaqiqat, klassik tayanch yarim himoyachisi bugungi “Real”da mavjud emas. Markazdagi pressing va jamoadoshlarini “straxovka” qilish borasida Kazemiro butun boshli “La Liga”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, undagi hujumkorlik jamoaga og‘ir uchrashuvlarda ochko jamg‘arishda qo‘l kelmoqda. Kazemiro asosan markazga javob bersada, allaqachon 5 ta gol kiritishga ulgurdi. Ayniqsa, uning «Kornelya-El Prat”da urgan goli “qaymoqranglilar” uchun 3 ochko taqdim etgani tahsinga sazovor.

Xose Luys Kalderon -Marca nashri analitiki

156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *